Dars ishlanma
kimyo fanidan
8-sinflar uchun 1-soatlik ochiq dars ishlanmasi
Dars mavzusi: Oksidlanish — qaytarilish reaksiyasi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi nazariyasining asosiy qoidalarini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsadi: ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish,ekologik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: elektron balans usuli bilan reaksiya tenglamalarini tenglashtirishni o’rganish.
O’quv jarayonining mazmuni: Oksidlanish darajalari o’zgarishi bilan boradigan kimyoviy jarayonlar.
Qaytaruvchi va oksidlovchilar haqida tushuncha hosil qilish.
Tenglamalarni elektron balans usuli bilan tenglashtirishni o’rganish.
Dars turi: Aqliy hujum,ma’ruza.
Fanlararo bog’lanish: biologiya,fizika,matematika
Dars jihozi: mavzuga oid ko’rgazmalar,tarqatmali vositalar,test savollaridan na’munalar, texnik vositalar,darslik.
1.Tashkiliy qism-2 daqiqa
a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
2.Asosiy qism-(35-daqiqa)
a)o’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash(8-daqiqa)
b)yangi darsning bayoni(17- daqiqa)
d)mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar ishlash(15-daqiqa)
3.Xulosalash (3-minut)
a)O’quvchilar bilimini baholash
b)uyga vazifa berish
Tashkiliy qism:
O’tgan dars mavzusi yuzasidan savollar:
1)Oksidlanish darajasi nima?
2)Oddiy moddalarda oksidlanish darajasi nechaga teng?
3)Quyidagi birikmalarda elementlarning oksidlanish darajasini aniqlang.(K 2Cr 2O7, HMnO4, BeCl2, ClF3)
O’quvchilar javobi o’qituvchi tomonidan mustahkamlanadi.
Yangi mavzu bayoni:
Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo’lish mumkin.
1) reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o’zgarmaydigan reaksiyalar. Bu turga almashinish reaksiyasi mansub.
2)Oksidlanish darajasi o’zgarish bilan boradigan reaksiyalar.Bu turga o’rin olish, birikish, parchalanish reaksiyalari kiradi.
Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan jarayonlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi deyiladi.
Oksidlanish(qaytaruvchi)
_____________________________
_____________________________
Qaytarilish (oksidlovchi)
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eng ko’p tarqalgan reaksiya bo’lib tabiatda va texnikada muhim ahamiyatga ega.Ular hayot faoliyatning asosi hisoblanadi.Tirik organizmlarning nafas olishi, moddalar almashinuvini, o’simliklarda boradigan fotosintez jarayoni, chirish, bijg’ish, yonish jarayonlari shu reaksiyaga bog’liq. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nazariyasi 1930 yillarda L.V.Pisarjevskiy tomonidan yaratilgan. Nazariyaning asosiy qoidalari bilan tanishib chiqamiz.
1.Atom,molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi.Bunda oksidlanish darajasi ortadi.
Al0 – 3e —> Al3+ Cr2+– 1e —> Cr3+
H2 0 – 2e —> 2H+
- Elektron bergan atom molekula yoki ion qaytaruvchi deyiladi.
3.Atom, molekula yoki ionning elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi.
Bunda oksidlanish darajasi kamayadi.
O20 + 4e—>2O -2 Si 0+ 4e —> Si— 4
Mn+7 +5e—>Mn+2
4.Elektron biriktirib olgan atom molekula yoki ion oksidlovchi deyiladi.
5.Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi olgan elektronlar soniga teng.
Shunga ko’ra, oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini elektron balans usuli bilan tenglashtiramiz.
Temirning zanglash jarayonini misol qilib olamiz.
Fe + H2O + O2—> Fe(OH)3
Oksidlanish darajasi o’zgarayotgan atomlarni aniqlab olamiz.
Fe0 + H 2O + O20 —> Fe+3(O-2H)3
Fe0-3e —> Fe+3 3 4 oksidlanish —>qaytaruvchi
O20 + 4e—> 2O-2 4 3 qaytarilish—>oksidlovchi
Demak, Fe koeffisientiga 4 , O2 koeffisientiga 3 yoziladi,qolgan atomlar shu asosda tenglashtiriladi.
4Fe + 6H2O + 3O2—> 4Fe(OH)3
Mustahkamlash uchun misollar ishlash:
KClO 3—>KCl+O2
HNO3+ P—>NO2+ H 3PO 4+ H 2O
Al+HCl—>AlCl3+H2
3.Xulosalash.
O’quvchilar tomonidan ishlangan tenglamalar ko’rib chiqiladi va baholanadi. Mavzuga xulosa qilinadi.
Uyga vazifa: 1-mashq.
HNO3+ As 2S3+ H 2O —> H 3AsO4+H 2SO4+NO
K2Cr2O7+CH 3OH+H2SO4—>HCOOH+Cr2(SO4)3 +K2SO4+H2O
Post a comment