Yutuqlarimiz

Posted on 9 апреля, 2015 in Новости by Махкамова Хуршида

TAЪЛИМ ВА ФАН ЙЎНАЛИШИ

  1. “Билимлар беллашуви”нинг туман босқичида

Шамсуддинова Мафкура 5-синф  русский язык фанидан 1 ўринни,

Икромжонов Диёр 6- синф русский язык 3 ўринни,

Жахонгирова Паризода  8- синф француз тили 3 ўринни,

Муродхонова Рисолат 6- синф тарих фанидан 3 ўринни,

Аюпова Махлиё 8- синф иктисод фанидан  2 ўринни,

Пардаева Севинч 5- синф математика фанидан  2 ўринни, эгаллаб келдилар.

Yangiliklar

Posted on 9 апреля, 2015 in Новости by Махкамова Хуршида

Тошкент шахар Учтепа тумани 238- ўрта мактабда  А.Навоийнинг таваллудининг 573- йиллиги хамда З.М.Бобурнинг 531- йиллиги муносабати билан “Аждодлари улуғ юрт фарзандиман” мавзусида  тадбир хақида

МАЪЛУМОТ

       Ғазал мулкининг султони Мир Алишер Навоий таваллудининг 573- йиллиги хамда шох ва шоир Захириддин Мухаммад Бобур таваллудининг 531- йиллиги муносабати билан Учтепа туманидаги 238- сонли умумтаълим мактабида 5-9- синф ўқувчилари ўртасида  “Аждодлари улуғ юрт фарзандиман” мавзусида тадбир хамда иншолар ва диктантлар танлови хам ўтказилди. Энг яхши диктан номинатциясига  6 “Д” синф ўқувчиси Караева Бибиробия, энг яхши иншо номинатциясига эса  8 “А” синф ўқувчиси Мадалиева Арофат сазовор бўлди.

А.Навоий - Бобур таваллудига бағишланган тадбир.А.Навоий - Бобур таваллудига бағишланган тадбир

Dars ishlanma

Posted on 9 апреля, 2015 in Новости by Махкамова Хуршида

kimyo  fanidan 

8-sinflar  uchun 1-soatlik ochiq dars ishlanmasi

Dars  mavzusi:  Oksidlanish — qaytarilish reaksiyasi.

Darsning  maqsadi:

Ta’limiy  maqsadi: oksidlanish-qaytarilish  reaksiyasi  nazariyasining asosiy  qoidalarini  tushuntirish.

Tarbiyaviy  maqsadi: ilmiy  dunyoqarashlarini  kengaytirish,ekologik  tarbiya  berish.

Rivojlantiruvchi maqsadi: elektron  balans  usuli  bilan  reaksiya   tenglamalarini  tenglashtirishni  o’rganish.

O’quv  jarayonining  mazmuni: Oksidlanish  darajalari  o’zgarishi  bilan  boradigan  kimyoviy  jarayonlar.

Qaytaruvchi  va oksidlovchilar  haqida  tushuncha  hosil qilish.

Tenglamalarni  elektron balans usuli  bilan tenglashtirishni o’rganish.

Dars turi: Aqliy hujum,ma’ruza.

Fanlararo  bog’lanish: biologiya,fizika,matematika

Dars jihozi: mavzuga  oid  ko’rgazmalar,tarqatmali vositalar,test savollaridan  na’munalar, texnik  vositalar,darslik.

1.Tashkiliy qism-2 daqiqa

a)salomlashish

b)davomatni  aniqlash

 2.Asosiy qism-(35-daqiqa)

a)o’tilgan mavzuni  takrorlash  va mustahkamlash(8-daqiqa)

b)yangi  darsning bayoni(17- daqiqa)

d)mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar  ishlash(15-daqiqa)

3.Xulosalash (3-minut)

a)O’quvchilar  bilimini  baholash

b)uyga  vazifa berish

Tashkiliy qism:

O’tgan  dars  mavzusi yuzasidan  savollar:

1)Oksidlanish  darajasi nima?

2)Oddiy moddalarda  oksidlanish  darajasi  nechaga teng?

3)Quyidagi  birikmalarda elementlarning oksidlanish darajasini  aniqlang.(K 2Cr 2O7, HMnO4, BeCl2, ClF3)

O’quvchilar  javobi  o’qituvchi  tomonidan  mustahkamlanadi.

Yangi  mavzu  bayoni:

Barcha  kimyoviy  reaksiyalarni  ikki turga  bo’lish  mumkin.

1)  reaksiyaga  kirishayotgan  moddalar tarkibidagi  elementlarning  oksidlanish  darajalari  o’zgarmaydigan  reaksiyalar. Bu  turga   almashinish  reaksiyasi  mansub.

2)Oksidlanish darajasi  o’zgarish  bilan boradigan  reaksiyalar.Bu  turga  o’rin olish, birikish, parchalanish  reaksiyalari  kiradi.

Kimyoviy  reaksiyaga kirishayotgan  moddalar  tarkibidagi  atomlarning oksidlanish darajasi  o’zgarishi bilan  boradigan  jarayonlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi deyiladi.

                                          Oksidlanish(qaytaruvchi)                                                  

_____________________________

_____________________________

Qaytarilish (oksidlovchi)

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari  eng  ko’p  tarqalgan reaksiya bo’lib tabiatda  va texnikada muhim ahamiyatga ega.Ular hayot faoliyatning  asosi hisoblanadi.Tirik  organizmlarning  nafas  olishi, moddalar almashinuvini, o’simliklarda   boradigan  fotosintez  jarayoni, chirish, bijg’ish, yonish  jarayonlari  shu  reaksiyaga bog’liq.   Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  nazariyasi  1930  yillarda  L.V.Pisarjevskiy  tomonidan yaratilgan.  Nazariyaning  asosiy  qoidalari  bilan tanishib chiqamiz.

1.Atom,molekula  yoki ionning elektron berish  jarayoni oksidlanish  deyiladi.Bunda  oksidlanish  darajasi ortadi.

Al0 – 3e  —> Al3+               Cr2+– 1e —> Cr3+

     H2 0 – 2e  —> 2H+

  1. Elektron bergan atom  molekula  yoki ion qaytaruvchi deyiladi.

3.Atom, molekula yoki ionning elektron biriktirib  olish jarayoni  qaytarilish  deyiladi.

Bunda  oksidlanish  darajasi  kamayadi.

  O20 + 4e—>2O -2                               Si 0+ 4e —> Si— 4

                         Mn+7  +5e—>Mn+2

4.Elektron  biriktirib olgan  atom  molekula  yoki ion oksidlovchi  deyiladi.

5.Qaytaruvchi  bergan  elektronlar  soni  oksidlovchi  olgan  elektronlar  soniga  teng.

Shunga  ko’ra,  oksidlanish-qaytarilish reaksiya   tenglamalarini  elektron  balans usuli bilan  tenglashtiramiz.

Temirning  zanglash  jarayonini  misol qilib  olamiz.

Fe + H2O + O2—> Fe(OH)3

Oksidlanish  darajasi  o’zgarayotgan atomlarni  aniqlab olamiz.

Fe0 + H 2O + O20 —> Fe+3(O-2H)3

Fe0-3e —> Fe+3        3     4      oksidlanish —>qaytaruvchi

      O20 + 4e—> 2O-2       4     3      qaytarilish—>oksidlovchi

Demak,   Fe  koeffisientiga  4 ,  O2 koeffisientiga  3  yoziladi,qolgan atomlar shu  asosda tenglashtiriladi.

4Fe + 6H2O + 3O2—> 4Fe(OH)3

Mustahkamlash  uchun  misollar  ishlash:

  KClO 3—>KCl+O2

      HNO3+ P—>NO2+ H 3PO 4+ H 2O

       Al+HCl—>AlCl3+H2

3.Xulosalash.

O’quvchilar  tomonidan ishlangan  tenglamalar  ko’rib  chiqiladi  va   baholanadi. Mavzuga  xulosa  qilinadi.

Uyga  vazifa:  1-mashq.

HNO3+ As 2S3+ H 2O —> H 3AsO4+H 2SO4+NO

K2Cr2O7+CH 3OH+H2SO4—>HCOOH+Cr2(SO4)3 +K2SO4+H2O